Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi

Terma jamoamiz a’zolari “Yoshlar va sportchilar bog‘i”ga ko’chat ekdi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ajratilgan tegishli yer maydonidagi “Yoshlar va sportchilar bog‘i”ga ko‘chat ekish aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida Yoshlar siyosati va sport vaziri o’rinbosari – O’zbekiston og’ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o’rinbosari Shahrullo Mahmudov boshchiligidagi taniqli og’ir atletikachilarimiz yangi nihollarni yerga qadadilar.

Qayd etish lozimki, shu kuni Bo‘stonliq tumanida yaratilgan  “Yoshlar va sportchilar bog‘i” hududiga
2,5 mingta ko‘chat ekildi.

Oldinga O‘zbekiston va Gruziya sportchilarining hamkorlik aloqalarin yanada mustahkamlanadi

Leave Your Comment