Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi

Qatar Gran-Prisining ilk kunida Jamila Panfilova supachaga ko‘tariladi

Bugun Qatar poytaxti Doha shahrida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun muhim reyting ochkolari taqdim etuvchi xalqaro Gran-Pri turniri start oladi.

Dunyoning 72 davlatidan 1760 ta atlet ishtirok etayotgan ushbu musobaqaning dastlabki kunida ayollar o‘rtasida -49 kg vazn toifasida B guruhida hamyurtimiz Jamila Panfilova supachaga ko‘tariladi.

Vakilimiz ishtirokidagi bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da boshlanadi.

Oldinga Xushxabar! 2025-yilgi Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati Toshkentda o‘tadi!

Leave Your Comment