Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi

Xushxabar! 2025-yilgi Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati Toshkentda o‘tadi!

Bugun Qatar poyxtaxti Doha shahrida Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasining (IWF) Ijroqo‘m yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibidan yaqin kelajakdagi musobaqalar mezbonlarini aniqlash ham o‘rin olgan edi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Og‘ir atletika federatsiyasi delegatsiyasi 2025-yilgi Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati mezbonligi uchun o‘z taqdimotlarini namoyish etdi.

E’tiborlisi, delegatsiyamiz tomonidan o‘tkazilgan taqdimot barchada ijobiy taassurot qoldirdi va Ijroqo‘m a’zolari bir ovozdan 2025-yil bo‘ladigan Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati mezbonligini Toshkent shahriga topshirish bo‘yicha qaror qabul qilishdi.

Shu tariqa poytaxtimiz 2025-yilda yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladigan bo‘ldi.

Oldinga Akbar Jo‘rayev avtomobil bilan taqdirlandi!

Leave Your Comment