Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi

Azimjon Xojiev Gruziyadagi xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etdi!

Joriy yilning 20 dekabr kuni Tbilisi shahrida 3 karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, ayni damda Gruziya og‘ir atletika federatsiyasi prezidenti hisoblangan Kaxi Kaxiashviliga bag‘ishlangan “Kaxi kubogi” ochiq turniri bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlash kerakki, ushbu xalqaro musobaqa 1994 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda.

Biz uchun ahamiyatlisi, erkaklar o‘rtasida +109 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz Azimjon Xojiev o‘z vazn toifasida 3-o‘rinni, sinkler tizimi bo‘yicha esa 8-o‘rinni band etdi.

Musobaqa yakunida delegatsiyamiz a’zolari Kaxi Kaxiashviliga O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasining maxsus esdalik sovg‘asini topshirishdi.

Oldinga WADA Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligini eʼtirof etdi

Leave Your Comment