Poytaxtimizda katta hayajon bilan o‘tkazilgan Osiyo chempionatining sakkiz kungi shiddatli bellashuvlar og‘ir atletika bo‘yicha 2024-yilning qit’a chempionlarini hamda olimpiya vaznlaridagi sportchilar uchun Parij-2024 o‘yinlari reyting ochkolarini taqdim etganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Chempionatning so‘nggi sakkizinchi kunida erkaklalar o‘rtasidagi -109 va +109 kilogramm vaznli polvonlar bellashuvi bilan kechdi.
Musobaqalarda mamlakatimiz sport faxri, Rio-2016 yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Ruslan Nurudinov, umidli sportchimiz, yoshlar o‘rtasida dahon chempioni Sharofiddin Amriddinov 109 kiloda, Qoraqalpog‘iston og‘ir atletika maktabida kamolga yetgan Rustam Jangaboyev +109 kilogrammda yurtimiz sharafini ihmoya qilishdi.
Aytish lozim, -109 kilodagi bahslarda asosiy kurash Ruslan Nuruddinov va Sharofiddin Amriddinov o‘rtasida kechdi. Dast ko‘tarishning ilk o‘rinishini 166 kilogramm bilan boshlagan Sharofiddin uchichi o‘rinishla 176 kilogramm toshni buychindirdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi. Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Nuriddinov esa 175 kilogramm bilan cheklandi va kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bronza medali esa Birlashgan Arab Amirliklari vakili Abdu al Gʻafforga nasib etdi.
Siltab ko‘tarishdagi musobaqalarda tajribali Nurudinov 207 kilogramm toshni buysindirib oltin medalli bo‘ldi. Shuningdek ikki kurashdagi 382 kilogramm uni yana bir oltin medalga sazovor bo‘lishini ta’minladi. Siltab ko‘tarishda Amriddinov(205) 2-o‘rinni, BAA vakili 201 kilo bilan 3-o‘rinni band etdi. Ikki kurashda Amriddinov(381) kumush, al Gʻaffror 2-o‘rindan joy oldi.
+109 kilogramm vazn toifasidagi bahslarda Armaniston terma jamoasi tarkibida Rio olimpiadasi kumush medal sohibi Tigran Minasyanning ishtirok etayotganligi medallar uchun kurashdagi raqobatni yanada kuchaytirdi. Hozirda Bahrayn sharafini himoya qilayotgan Minasyan 2023 yili Ar-Riyodda o‘tgan jahon chempionatida bronza medaliga ega chiqqandi. 2018 yilgi jahon chempionatida bronza medali sohibi bo‘lgan terma jamoamiz a’zosi Rustam Jangabayev unga munosib raqobat ko‘rsatishini umid qilgandik. Biroq, barchasi boshqacha kechdi. Dast ko‘tarish musobaqalari sarhisobiga ko‘ra, 207 kilogramm bilan Minasyan 1-o‘rinni, suriyalik Mn Assad sportchi esa Jangabayev bilan bir xil 192 kilogramm ko‘rsatkichga erishib, 2 va 3-o‘rinlarni bo‘lishib olishdi.
Siltab ko‘tarishda o‘tgan musobaqalarda Bahrayn sharafini himoya qilgan Minasyan 236 kilogramm natija bilan 2-o‘rinni egalladi. Ikkikurashjagi umumiy 444 kilogramm natija esa Minasyanga 1-o‘rinni egallashiga olib keldi. Aytish lozim siltab ko‘tarish musobaqalarida suriyalik Man Assad 252 kilogramm toshni buychindirib qit’a rekordini o‘rnatish bilan ushbu yo‘nalishda oltin, ikkikurashda kumush medalni naqd qildi.
Terma jamoamiz a’zosi Rustam Jangaboyev siltab ko‘tarish va ikkikurash yakunlariga ko‘ra, 4-o‘rin bilan kifoyalandi.
Poyoniga yetgan qit’a chempionatida O‘zbekiston og‘ir atletikachilari 8 ta oltin, 12 ta kumush va 5 ta bronza, jami 25 ta medallar shodasiga ega chiqdi. Medallar jamg‘arishda 33 ta medal bilan Shimoliy Koreya 1-o‘rinni egalagan bo‘lsa, 27 ta medal jamg‘argan Janubiy Koreya 2-o‘rindan joy oldi. 25 ta medallar shodasini jamg‘argan O‘zbekiston og‘ir atletikachilari 34 ta davlat orasida 3-o‘rin sohibi bo‘ldi.