Tailanddagi Jahon kubogining erkaklar o’rtasida -109 kg vazn toifasida «A» guruh bahslari yakunlandi. Unda yurtimiz sharafini himoya qilgan Akbar Jo’rayev dast ko’tarishda 189 kg , siltab ko’tarishda 227 kg va ikkikurash natijasiga ko’ra 416 kg natija bilan uchchala yo’nalishda ham oltin medalga sazovor bo’ldi.
Ushbu vazn toifasida ishtirok etgan yana bir vakilimiz Sharofiddin Amriddinov esa dast ko’tarishda 170 kg natija bilan bronza medalini qo’lga kiritdi. Yosh sportchimiz siltab ko’tarishda 208 kg va ikkikurash natijasiga ko’ra 378 kg natija bilan mos ravishda 5- va 4-o’rinlarni egalladi.
Sportchilarimizga kelgusidagi musobaqalarda ham omad tilaymiz!