Xabaringiz bor, ayni kunlarda Samarqand shahrida 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqalar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 20 martda imzolagan “Og‘ir atletika sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida federatsiya rahbariyati tomonidan yurtimizda faoliyat yuritayotgan og‘ir atletika murabbiylarining malakasini oshirish, ular uchun xorijlik mutaxassislar ishtirokida maxsus o‘quv-seminarlari tashkil etish rejalashtirilgan.
Ana shunday tadbirlarning dastlabkisi xorijlik mutaxassis, O’zbekiton milliy terma jamoasi terapevt-shifokori Davlat Qilichev ishtirokida o‘tkazildi. Musobaqaga tashrif buyurgan murabbiylar ushbu mahorat darslari hamda maxsus o‘quv-seminar davomida tajribali mutaxassisdan sohaga doir eng muhim ma’lumotlar hamda bilimlarni o‘zlashtirishdi.
Ushbu o‘quv-seminarida berilgan barcha muhim ma’lumotlar bilan quyidagi kanal orqali batafsil tanishib olishingiz mumkin:
@sportovqatlanishtiklanish
Mamlakat chempionati davomida og‘ir atletika sport turi bo‘yicha ulkan tajribaga ega yana bir qator mutaxassislar bilan o‘quv-seminarlari va mahorat darslari o‘tkazish rejalashtirilgan.