Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi

Bekzod Gʻofirjonov delegatsiyamiz hisobiga 2 ta bronza va 1 ta kumush medalni qo‘shib qo‘ydi!

Hozirgina o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining erkaklar o‘rtasida -89 kg vazn toifasida bahslar o‘z yakuniga yetdi. Quvonarlisi, ushbu vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchimiz Bekzod Gʻofirjonov dast ko‘tarishda 141 kg natija bilan bronza, siltab ko‘tarishda 183 kg natija bilan kumush hamda ikkikurashda 324 kg natija bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Ushbu yutuq bilan yosh iste’dodli sportchimizni samimiy muborakbod etamiz va kelgusidagi faoliyatida omad tilaymiz!

Oldinga Dilnoza Fayzullayeva ishtirokidagi bahs yakunlandi

Leave Your Comment