Peru poytaxti Lima shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda.
Bundan biroz avval ayollar o‘rtasida -71 kg vazn toifasida “A” guruh bahslarida supachaga ko‘tarilgan hamyurtimiz Dilnoza Fayzullayeva o‘z ishtirokini yakunladi. Vakilimiz dast ko‘tarishda 85 kg natija bilan 5-o‘rinni, siltab ko‘tarishda 103 kg natija bilan 9-o‘rinni, ikkikurashda esa 189 kg natija bilan 9-o‘rinni egalladi.
Yosh iste’dodli sportchimizga musobaqadagi ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirgan holda kelgusi faoliyatida omad yor bo‘lishi tilab qolamiz.