Xabar berganimizdek, 22-26 may kunlari Peru poytaxti Lima shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati yakuniga yetdi.
E’tiboringizga musobaqa bilan bog‘liq ayrim muhim ma’lumotlarni taqdim etamiz:
Ushbu dunyo birinchiligida sayyoramizning 43 ta mamlakatidan 242 nafar sportchi ishtirok etdi.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yakunda 2 ta oltin, 6 ta kumush, 4 ta bronza, jami 12 ta medal qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston medallar bo‘yicha umumjamoa hisobida erkaklar orasida (2 ta oltin, 5 ta kumush, 2 ta bronza) 7-o‘rinni egalladi va kuchli o’nlikdan joy oldi.
Umumiy ochkolar klassifikatsiyasiga ko‘ra erkaklar o‘rtasida Gruziya terma jamoasi tengsiz bo‘ldi, ayollarda esa Meksika 1-o‘rinni band etdi.
Medallar bo‘yicha umumjamoa hisobida 1-o‘rinni Venesuela terma jamoasi (4 ta oltin, 5 ta kumush, 2 ta bronza) egallagan bo‘lsa, erkaklar orasida birinchi bo‘lish Misr terma jamoasiga (3 ta oltin, 5 ta kumush, 2 ta bronza) nasib etdi.
🌐Jahon chempionatining yakuniy natijalar kitobini federatsiyamizning rasmiy veb-saytidan yuklab olishingiz mumkin: