Joriy yilning 22-26-may kunlari Peru poytaxti Lima shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yakunda 2 ta oltin, 6 ta kumush, 4 ta bronza, jami 13 ta medal qo‘lga kiritgan holda dunyoning 50 ga yaqin davlati orasida umumjamoa hisobida 7-o‘rinni egalladi.
Limadagi jahon chempionatida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimizni yana bir bor tanishtirib o‘tamiz:
Marjona Abdumutalova:
🥉Dast ko‘tarish: 82 kg (bronza)
🥈Siltab ko‘tarish: 100 kg (kumush)
🥉Ikkikurash: 182 kg (bronza)
Ruslan Rahmatjonov:
🥈Dast ko‘tarish: 139 kg (kumush)
🥇Siltab ko‘tarish: 172 kg (oltin)
🥇Ikkikurash: 311 kg (oltin)
Bekzod Gʻofirjonov:
🥉Dast ko‘tarish: 141 kg (bronza)
🥈Siltab ko‘tarish: 183 kg (kumush)
🥉Ikkikurash: 324 kg (bronza)
Omadillo Olimov:
🥈Dast ko‘tarish: 150 kg (kumush)
🥈Siltab ko‘tarish: 195 kg (kumush)
🥈Ikkikurash: 345 kg (kumush)
Shu o‘rinda ushbu natijalarga hissa qo‘shgan federatsiyamiz rahbariyatini, sportchilarimiz va ularning murabbiylarini samimiy muborakbod etamiz. Yangi g‘alabalar, yangi zafarlar yor bo‘lsin!