Joriy yilning 22-26 may kunlari Peru poytaxti Lima shahrida o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bugun yurtimizga qaytib kelishdi.
Yosh polvonlarimiz Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Og‘ir ateltika federatsiyasi rahbariyati, ommaviy axborot vositalari xodimlari, oila a’zolari hamda keng jamoatchilik vakillari tomonidan tantanali kutib olindi.