Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan atletlarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Fransiya poytaxti mezbonlik qiladigan o‘yinlarda eng ko‘p ishtirokchi Osiyo qit’asidan qatnashadi – 40 ta. Keyingi o‘rinlarda Yevropa va Amerika qit’asi sportchilari joy olgan – 25 ta. Afrika qit’asiga 10 ta, Okeaniya mintaqasiga esa 8 ta kvota ajratilgan.
Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining og‘ir atletika dasturiga 100 foizlik kvotani faqatgina Xitoy terma jamoasi qo’lga kiritgan – 6 ta. Bu borada kuchli uchlikdan AQSH (5 ta) va Venesuela (5 ta) terma jamoalari joy oldi.
Eslatib o’tamiz, Olimpiadaning og’ir atletika musobaqalari 7-10-avgust kunlari Parij ekspo markazida bo’lib o’tadi.