Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi

Chirchiqda kichik o‘smirlar o‘rtasida (U15) O‘zbekiston chempionati yakunlandi

Chirchiq shahrida tashkil etilgan o‘smirlar o‘rtasidagi (U17) Markaziy Osiyo chempionati bilan bir vaqtda kichik o‘smirlar o‘rtasida (U15) O‘zbekiston chempionati ham o‘tkazildi.

Mamlakat birinchiligida 300 nafardan ortiq yosh polvonlar g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib borishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, medallar jamg‘arish borasida quyidagi jamoalar kuchli uchlikdan joy oldi:

Qarshi OPSTTM – 3 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza
Namangan viloyati – 3 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza
Xorazm viloyati – 2 ta oltin, 5 ta kumush, 2 ta bronza

Shuningdek, bir qator vazn toifalarida O‘zbekiston chempionati rekordlari ham o‘rnatildi. Jumladan, ayollar o‘rtasida -33 kg vazn toifasida Soliha Bahodirova (Samarqand v.) siltab ko‘tarish mashqida 45 kg (avvalgi rekord 43 kg), ikkikurashda 78 kg (avvalgi rekord 75 kg) natija ko‘rsatib, mamlakat rekordini yangilagan bo‘lsa, +71 kg vazn toifasida supachaga ko‘tarilgan Xulkar Ruzivulova dast ko‘tarishda 83 kg (avvalgi rekord 76 kg), siltab ko‘tarishda 101 kg (avvalgi rekord 97 kg) va ikkikurashda 184 kg (avvalgi rekord 172 kg) natija bilan ushbu yosh toifasida amaldagi rekordlarni yangiladi. O‘g‘il bolalar orasida -67 kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan Ozodbek Mo‘minjonov (Chirchiq OPSTTM) siltab ko‘tarishda 135 kg (avvalgi rekord 131 kg) va ikkikurashda 237 kg (avvalgi rekord 234 kg) natija qayd etib, mamlakat rekordlarini yangilashga muvaffaq bo‘ldi.

Bu galgi O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi sportchilari sifatida o‘g‘il bolalar orasida Muhammadshokir Turdaliyev (Namangan OPSTTM), qiz bolalar orasida esa Shaxzoda Abdumutalova (Navoiy OPSTTM) e’tirof etildi.

Oldinga O‘zbekiston – Qozog‘iston: Og‘ir atletika bo‘yicha hamkorlik yanada mustahkamlanadi!

Leave Your Comment