Og’ir atletika bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Akbar Jo’rayev o’z sovrinlari orasiga Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlarining kumush medalini ham qo’shib qo’ydi. -102 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz dast ko’tarishda 185 kg, siltab ko’tarishda 219 va umumiy hisobda 404 kg bilan kumush medalga sazovor bo’ldi.
Hamyurtimiz Akbar Jo‘rayev -102 kg vazn toifasida o‘tkazilgan murosasiz bahs yakunida kumush medalni qo‘lga kiritib, Yangi O‘zbekistonning Yangi g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi va ikki karra Olimpiya o‘yinlari shoxsupasiga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik ilk og‘ir atletikachiga aylandi!
Shu o‘rinda avvalambor ushbu tarixiy natijaga erishishda barcha sharoitlarni yaratib bergan muhtaram Prezidentimizga alohida minnatdorchilik bildiramiz. Qolaversa, Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi va Og‘ir atletika federatsiyasida ushbu g‘alaba yo‘lida tunu-kun mehnat qilgan barcha-barchaga,murabbiylarga va sportchimizga kuch-quvvat berib, uni qo‘llab-quvvatlab turgan xalqimizga cheksiz minnatdorchiligimizni izhor etamiz.
Yangi O‘zbekistonimizning Yangi g‘alabalari bardavom bo‘lsin!