Xabaringiz bor, ayni kunlarda Urganchda yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Erkaklar o‘rtasida -89 kg vazn toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Chirchiq Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o‘quvchisi Bekzodbek Gʻofurjonov siltab ko‘tarishda194 kg natija qayd etdi. E’tiborlisi, Gʻofurjonov bu orqali ushbu vazn toifasida misrlik Mahmud Xassan tomonidan 2022 yilda o‘rnatilgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon rekordini (193 kg) bir kilogrammga yangilashga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Bekzodbek Gʻofurjonov joriy yil Peru davlatida bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida dast ko‘tarish mashqida bronza (141 kg), siltab ko‘tarishda kumush (183 kg) va ikkikurash natijalariga ko‘ra bronza (324 kg) medalni qo‘lga kiritgan edi.