Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi

Jahon chempionatida ishtirok etadigan terma jamoamiz tarkibi aniqlab olindi

Xabar berganimizdek, joriy yilning 6-15 dekabr kunlari Bahrayn poytaxti Manama shahrida kattalar o‘rtasida Jahon chempionati o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan dunyo birinchiligiga nazorat-saralash musobaqasi tashkil etildi. Chirchiq shahrida bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda terma jamoa a’zolari ishtirok etishdi.

Qayd etish lozimki, ushbu nazorat-saralash musobaqasida polvonlarimiz murabbiylar tomonidan belgilangan kilogrammlarni to’plashdi va ushbu natijalarga ko‘ra Manamadagi Jahon chempionatida qatnashadigan terma jamoa tarkibi aniqlab olindi.

Jahon chempionatida ishtirok etadigan sportchilarimiz ro‘yxati:

Erkaklar
Muhammadqodir Toshtemirov -81 kg
Sarvarbek Zafarjonov -89 kg
Sharofiddin Amriddinov -109 kg
Ruslan Nurudinov -109kg

Ayollar
Shaxloxon Abdullayeva -64 kg
Tursunoy Jabborova -87 kg

Oldinga Xalqaro og’ir atletika federatsiyasi prezidenti yurtimizda o’tadigan nufuzli musobaqalarga tayyorgarlikni ko’zdan kechirdi

Leave Your Comment