Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi

Bishkekdan navbatdagi xushxabar!

Bishkek shahrida qirg‘izistonlik Olimpiya chempioni Qanibek Osmanaliyev sovrini uchun o’tkazilayotgan XXXVI xalqaro turnir yakuniy pallasiga kirdi.

Biz uchun esa Qirg’izistondan xushxabarlar kelishda davom etmoqda. Xususan, musobaqaning erkaklar o‘rtasida -109 kg vazn toifasida supachaga ko’tarilgan hamyurtimiz Azimjon Hojiyev delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shib qo’ydi. Samarqandlik sportchimiz dast ko‘tarishda 133 kg, siltab ko‘tarishda esa 167 kg natija qayd etdi.

Ushbu vazn toifasida kumush va bronza medallar mezbon mamlakat polvonlariga nasib etdi:

Azimjon Hojiyev (O‘zbekiston) – 133 (dast ko‘tarish), 167 (siltab ko‘tarish)
Oleg Sheptunov (Qirg‘iziston) – 115 (dast ko‘tarish), 145 (siltab ko‘tarish)
Nurban Bayimbetov (Qirg‘iziston) – 113 (dast ko‘tarish), 143 (siltab ko‘tarish)

Oldinga Xikmatillo Xaydarov ham xalqaro turnirda oltin medalga sazovor bo’ldi!

Leave Your Comment