Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasiga yangi rahbar saylandi

Bugun Milliy Olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Admnistratsiyasi mas’ul vakili Kamil Bayazitov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi rais o’rinbosari Sherzod Toshmatov, shuningdek, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi rayosat a’zolari va terma jamoa murabbiylar shtabi hamda sportchilar ishtirok etdi.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan Sport vaziri o‘rinbosari, mamlakat og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shaxrillo Mahmudov so‘zga chiqib, yakunlangan yilda tashkilot tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda erishilgan yutuqlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib, Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik rejalari bilan tanishtirdi.
Shundan so‘ng, federatsiyaga yangi rahbar tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiya Ijroiya qo‘mitasi tashkilot raisligiga O’zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri Xidoyatov Sherzod Saidjanovich nomzodini ilgari surdi. Vazir o’rinbosari ushbu nomzod haqida fikr bildirar ekan, Sherzod Saidjanovichning yurtimizda og‘ir atletika sport turini yanada rivojlantirishda xizmat qilishini ta’kidladi. Yig‘ilish ishtirokchilari bir ovozdan tavsiya etilgan nomzodni ma’qullashdi va Sherzod Saidjanovich mamlakat og‘ir atletika federatsiyasi raisi etib saylandi.

Yig‘ilish so‘nggida yangi lavozimga saylangan Sherzod Xidoyatov o‘z fikrlarini bildirib o‘tar ekan, yangi Olimpiya siklida yanada ko‘proq yo‘llanmalar qo‘lga kiritish hamda og‘ir atletikachilarimizning Olimpiya o‘yinlaridagi yanada yaxshilash yo‘lida bor kuch va imkoniyatlarini ishga solgan holda harakat qilishini ta’kidladi.

Oldinga Federatsiyamiz mutaxassislari “Antidoping ta’limoti” bo‘yicha maxsus o‘quv-seminarida ishtirok etmoqda

Leave Your Comment