Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi

Milliy musobaqalarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

Bugun Zoom platformasi orqali hududiy bo‘limlar ijrochi direktorlari va bosh murabbiylari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishni O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi mutaxassisi Azamat Sharipov hamda milliy musobaqalarni tashkil etish bo‘yicha mas’ul Aziz Qoilov olib bordi.

Unda, joriy yil taqvim rejasidan o‘rin olgan barcha milliy musobaqalarga hududlarda ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayoni, shu jumladan tashkil etiladigan saralash musobaqalari qay tartibda o‘tkazilishi hamda iqtidorli sportchilarni seleksiya qilish tartibi bo‘yicha ma’lumot berildi. Shuningdek, bundan buyon musobaqalarda faoliyat olib boruvchi hakamlar maxsus onlayn testdan o’tkazilishi bo’yicha tartib joriy etilishi ham ta’kidlandi.

Bundan tashqari, yig‘ilish davomida musobaqalarni o‘tkazish nizomiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar to‘g‘risida ham batafsil to‘xtalib o‘tildi. Eslatib o’tamiz, nizomning quyidagi bandlarida o‘zgarishlar amalga oshirilgan edi:

5.3. Yosh toifalari (4-bet)
5.4 Musobaqa hakamlari (5-bet)
7.2 Ilk talabnoma (6-bet)
7.3 Mandat yig‘ilish va yakuniy talabnoma (7-bet)
7.4 O‘lchanish marosimi (8-bet)

Ma’lmuot uchun, joriy yilgi ilk rasmiy musobaqa kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati hisoblanadi. Ushbu musobaqa 6-13 aprel kunlari Chirchiq shahrida o‘tkaziladi.

Oldinga Prezidentimizning videoselektor yig‘ilishi muhokamasi o’tkazildi va 2024-yil yakunlari tahlil qilindi

Leave Your Comment