Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi

Osiyo o’gir atletika federatsiyasi prezidenti bilan uchrashuv tashkil etildi

Xabar berganimizdek, Osiyo ogʻir atletika federatsiyasi prezidenti Mohamed Yousef Al Mana Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley Assambleyasida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi. Martabali mehmon tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri – mamlakat og’ir atletika federatsiyasi raisi Sherzod Xidoyatov hamda Sport vaziri o’rinbosari – mamlakat og’ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o’rinbosari Shaxrillo Maxmudov bilan uchrashdi.

Samimiy kechgan uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonda ogʻir atletika sport turini yanada rivojlantirish bo’yicha yaqin to’rt yillik rejalarini muhokama qilishdi. O’z navbatida Mohamed Yousef Al Mana mamlakatimizda sportning barcha turlariga, shu jumladan og’ir atletikaga ham davlat miqyosida alohida e’tibor qaratilayotganini e’tirof etdi.

Oldinga Toshkent viloyatida hududiy saralash bosqichi o’tkazildi

Leave Your Comment