Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi

2025-yilgi Osiyo chempionati tarixiy bo’lib qoladi

9-15 may kunlari Xitoyning Jiangshan shahrida kattalar o’rtasida Osiyo chempionati o’tkaziladi. Mazkur musobaqada qi’tamizning 28 ta mamlakatidan jami 201 nafar atlet ishtirok etishi rejalashtirilgan. Ularning 89 nafari ayol va 112 nafari erkak sportchilar hisoblanadi.

Yana bir e’tiborli jihati, ushbu Osiyo chempionati eski vazn toifalarida o’tkaziladigan eng so’nggi musobaqadir. Shu sababli ham ushbu musobaqada qayd etiladigan natijalar va o’rnatiladigan rekordlar og’ir atletika tarixida abadiy bo’ib qoladi.

Bundan tashqari, Xitoydagi musobaqa Parijda bo’lib o’tgan so’nggi Olimpiya o’yinlarida sovrindor bo’lgan sportchilar uchun dastlabki turnir hisoblanadi va bu muxlislar uchun o’ziga hos ajoyib bellashuvlarni taqdim etadi. Jumladan:

– KUO Hsing-Chun (Xitoy Taypeyi, 59kg ayollar), Tokiyo-2020 Olimpiya o’yinlari chempioni;
– Rizki Juniansyah (Indoneziya, 81kg erkaklar), Parij-2024 Olimpiya o’yinlari chempioni;
– LI Dayin (Xitoy, 89kg erkaklar), 2024-yilgi Jahon kubogi g’olibi;
– Artyom Antropov (Qozog’iston, 102kg erkaklar), 2024-yilgi Jahon chempioni;
– LIU Huanhua (Xitoy, 102kg erkaklar), Parij-2024 Olimpiya o’yinlari chempioni;
– Akbar Juraev (O’zbekiston, 109kg erkaklar), Tokiyo-2020 Olimpiya o’yinlari chempioni.

Bir so’z bilan aytganda Jiangshandagi Osiyo chempionati bizga eng qiziqarli va murosasiz bellashuvlarni taqdim etadi. Musobaqa startiga sanoqli kunlar qolmoqda. Bizdan uzoqlashmang! Bizni kuzatishda davom eting!

Manba: awf.sport

Oldinga Yangi nomlar, yangi rekordlar, xalqaro tajriba! Yoxud Chirchiqda o‘tgan chempionat yakunlari

Leave Your Comment