Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi

Og‘ir atletikachilarimiz 2025-yilni kumush medal bilan boshlashdi!

Shu kunlarda Peru poytaxti Lima shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasida jahon chempionati start oldi. Musobaqada birinchi bo‘lib xorazimlik sportchimiz Diyorbek Ermatov yurtimiz sharafini himoya qildi. Erkaklar o‘rtasida -67 kg vazn toifasida supachaga ko‘tarilgan vakilimiz dast ko‘tarishda 139 kg natija qayd etib kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, siltab ko‘tarish mashqida 163 kg toshni bo‘ysundirgan holda bronza medaliga ega chiqdi. Yakunda ikkikurash natijasiga ko‘ra 302 kg natija qayd etib, delegatsiyamiz hisobiga yana bir bronza medalni qo‘shib qo‘ydi.

Qayd etish lozimki, Peru poytaxtidagi jahon chempionati o‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar uchun joriy 2025 yildagi ilk xalqaro musobaqa hisoblanadi. Shu bois Diyorbek Ermatov tomonidan qo‘lga kiritilgan kumush medal ushbu yil uchun dastlabkisi bo‘ldi.

Limadagi dunyo birinchiligida bahs olib boradigan navbatdagi sportchilarimizga ham omad tilaymiz!

Oldinga 2025-yilgi Osiyo chempionati tarixiy bo’lib qoladi

Leave Your Comment