Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi

Urganch shahrida o’smirlar (U15-U17) o’rtasida O’zbekiston kubogi qizg’in davom etmoqda

Ayni kunlarda Urganch shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar (U15-U17) o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tmoqda.Unda 28 ta jamoadan jami 380 nafar sportchi ishtirok etmoqda.

Hozirgi paytgacha umumjamoa hisobida U15 sportchilar o‘rtasidagi bellashuvlarda Navoiy, Namangan va Qarshi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari kuchli uchlikda borishmoqda. U17 sportchilar orasida esa Qarshi, Xorazm va Navoiy Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari yuqori uchlikdan joy olib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston kubogi bellashuvlari 23-sentyabrga qadar davom etadi.

Oldinga Xitoyning Xanjchou shahrida XIX Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi