Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi

Xitoyning Xanjchou shahrida XIX Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi

Xabaringiz bor, joriy yilning 23-sentyabridan 8-oktyabriga qadar Xitoyning Xanjchou shahrida XIX Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Saudiya Arabistonidagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan terma jamoamiz a’zolari qit’aning eng nufuzli sport anjumanida ham ijobiy natijalar qayd etishni maqsad qilishgan. Shu bois sportchilarimiz Ar-Riyoddan to‘g‘ri Xitoyga yo‘l olib, ayni damda ushbu mamlakatda tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini olib borishmoqda.

Mashg‘ulotlar Jiangshan shahridagi Hushan sport majmuasining og‘ir atletika zalida davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo o‘yinlarining og‘ir atletika bellashuvlari 30-sentyabrdan 7-oktyabrga qadar davom etadi.

Oldinga Xanchjou-2022: Bugun o‘zbekistonlik sportchilar 8 ta medal qo‘lga kiritdi