Bugun og‘ir atletikachilarimiz Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini davom ettirishadi.
Birinchi bo‘lib erkaklar o‘rtasida -61 kg vazn toifasida hamyurtimiz Adhamjon Ergashev supachaga ko‘tariladi.
Vakilimiz ishtirokidagi bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da boshlanadi.
Bo‘lajak bahslarda Adhamjon Ergashevga omad tilaymiz!