Bugun og‘ir atletikachilarimiz Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida o‘z yurishini boshlashadi.
Birinchi bo‘lib ayollar o‘rtasida -55 kg vazn toifasida 2 nafar hamyurtimiz – Jamila Panfilova hamda Nigora Abdullayeva supachaga ko‘tariladi.
Vakillarimiz ishtirokidagi bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi.
Bo‘lajak bahslarda Jamila Panfilova hamda Nigora Abdullayevaga omad tilaymiz!