Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi

Bugun Xanjchou mezbonligida o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining 6-kuni ham ortda qoldi

Quvonarlisi, bugun qilichbozlik bo‘yicha ayollar terma jamoamiz tarixiy g‘alabaga erishdi. Vakillarimiz jamoaviy bellashuvlarda barcha raqiblarni mag‘lub etgan holda oltin medalga sazovor bo‘lishdi. Zaynab Dayibekova, Gulistan Perdibayeva, Fernanda Errera hamda Paola Pliyego o‘z ismlarini o‘zbek qilichbozligi solnomasiga bitib qo‘yishdi.

Tantanali taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov ishtirok etdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng delegatsiyamiz umumjamoa hisobida Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston va Tailanddan so‘ng 6-o‘rinda bormoqda. Delegatsiyamiz hisobida hozircha 7 ta oltin, 10 ta kumush va 15 ta bronza, jami 32 ta medal bor.

Oldinga Urganchda kichik o‘smirlar (U15) va o‘smirlar (U17) o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi

Leave Your Comment