Saudiya Arabistonida ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionati oʻz yakuniga yetdi. Parij-2024 Olimpiadasi yoʻlida litsenzion xarakterga ega boʻlgan mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi munosib qatnashdi.
Chempionat davomida sportchilarimiz 4 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamgʻarishdi. Barcha medallarni yigitlarimiz keltirishdi. Bu orqali erkaklar terma jamoamiz medallar jamgʻarish boʻyicha Xitoydan soʻng ikkinchi o’rinni egalladi. Shohsupaga koʻtarilgan atletlarimiz:
Oltin medal:
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (dast koʻtarish)
-109 kg: Akbar Joʻrayev (dast koʻtarish)
-109 kg: Ruslan Nurudinov (siltab koʻtarish)
-109 kg: Akbar Joʻrayev (ikki kurash)
Kumush medal:
-109 kg: Akbar Joʻrayev (siltab koʻtarish)
-109 kg: Ruslan Nurudinov (ikki kurash)
Bronza medal:
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (ikki kurash)
Endi terma jamoamiz Osiyo oʻyinlarida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistonidan Xitoyga yoʻl oladi.