Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi

Muhammadqodir Toshtemirov Osiyo o‘yinlari sovrindoriga aylandi!

Hozirgina Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining og‘ir atletika dasturida erkaklar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida bellashuvlar yakunlandi.

Quvonarlisi, unda ishtirok etgan hamyurtimiz, amaldagi jahon chempioni Muhammadqodir Toshtemirov dast ko’tarish bahsida 159 kg, siltab ko‘tarishda 192 kg, umumiy 351 kg natija bilan 2-o’rinni egalladi va delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi kumush medalni qo‘shtirib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, bu og‘ir atletikachilarimizning ushbu Osiyo o‘yinlaridagi ilk medali hisoblanadi.

Oldinga Muhammadqodir Toshtemirovga omad tilaymiz!

Leave Your Comment