Bugun ham og‘ir atletikachilarimizning Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlaridagi ishtiroki davom etadi.
Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da erkaklar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida amaldagi jahon chempioni Muhammadqodir Toshtemirov supachaga ko‘tariladi.
Bo‘lajak bahslarda sportchimizga omad tilaymiz!