Ertaga Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetadi. Bugun esa musobaqaning og‘ir atletika dasturiga yakun yasaldi.
Xitoyda o‘tgan qit’a birinchiligida O‘zbekiston og‘ir atletika terma jamoasi a’zolari 2 ta kumush va 2 ta bronza, jami 4 ta medalga sazovor bo‘ldi. Quyidagi sportchilarimiz sovrindorlar safidan joy oldi:
Kumush
1.Muhammadqodir Toshtemirov (-81 kg)
2.Akbar Jo‘rayev (-109 kg)
Bronza
1.Ruslan Nurudinov (-109 kg)
2.Rustam Jangabayev (+109 kg)
Umumjamoa hisobida esa terma jamoamiz 6-o‘rindan joy oldi.