Xanjchou shahri mezbonlik qiladigan XIX Osiyo o‘yinlari startiga ham tobora oz fursatlar qolmoqda.
Qit’amizning eng nufuzli sport anjumanida yurtimiz sharafini himoya qiladigan og’ir atletikachilarimiz ayni kunlarda Jiangshan shahridagi Hushan sport majmuasining og‘ir atletika zalida so’nggi tayyorgarlikni olib borishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo o‘yinlarining og‘ir atletika bellashuvlari 30-sentyabrdan 7-oktyabrga qadar davom etadi.