Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi

“O‘zbekistonda og‘ir atletika sport turini ommaviylashtirishning zamonaviy yo‘llari va yechimlari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekistonda og‘ir atletika federatsiyasi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda og‘ir atletika sport turini ommaviylashtirishning zamonaviy yo‘llari va yechimlari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjuman bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi vakillari, universitet prorektorlari, Og‘ir atletika bo’yicha milliy terma jamoa a’zolari va murabbiylari, universitetning Og‘ir atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mas’ullari, yosh tadqiqotchilar, magistr va talabalar, shuningdek bir qator xorijiy mutaxassislar ishtirok etdi.

Anjuman davamida Pokiston (professor Javed Iqbal), Qozog’iston(professor I.Sivohin) va Rossiya (Yu.L.Tusher, D.N. Chernogorov) davlatlarining soha bo’yicha yetuk olimlari onlayn ishtirok etib, o’zlarining ilmiy izlanishlari va tadqiqqot natijalari bilan o’rtoqlashdi. Anjuman muhokamalarga boy tarzda o’tdi.

Tadbir davomida og‘ir atletika sport turini ommaviylashtirishning zamonaviy yo‘llari, bu borada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar hamda sportchilarning mashg‘ulot jarayonlarini baholash mexanizmlarini takomillashtirish, sportchilarning biomexanik harakatlarini qiyosiy tahlil etishga doir muhim masalalarga bag‘ishlangan taqdimotlar qilindi. Har bir taqdimot so‘ngida esa muhokama va savol-javoblar o‘tkazildi.

Yakunda anjuman ishtirokchilari maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

Oldinga Ruslan Nurudinovni tabriklaymiz!

Leave Your Comment