Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi

Hamyurtimiz Bishkekdagi xalqaro turnirda shohsupaga ko‘tarildi

Avval xabar berganimizdek, Samarqand viloyati terma jamoasi a’zolari shu kunlarda Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Kanibek Osmanaliyevning 70 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan xalqaro musobaqada ishtirok etishmoqda.

Bugun musobaqaning dastlabki kunida erkaklar o‘rtasida -61 kg vazn toifasida hamyurtimiz Asilbek Boltayev bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Vakilimiz dast ko‘tarishda 90 kg, siltab ko‘tarishda esa 118 kg toshni bo‘ysundirdi.

Ushbu vaz toifasida oltin va kumush medallar Qirg‘iziston va Qozog‘iston sportchilariga nasib etdi.

Erkaklar – 61 kg

🥇1-o‘rin Erbol Sarpashov (Kirg‘iziston) 98 kg -dast ko‘tarish, 125 kg -siltab ko‘tarish

🥈2-o‘rin Akjul Asamurat uli (Qozog‘iston) 99 kg -dast ko‘tarish, 117 kg -siltab ko‘tarish

🥉3-o‘rin Asilbek Boltayev (O‘zbekiston) 90 kg -dast ko‘tarish, 118 kg -siltab ko‘tarish

Bugun shuningdek, delegatsiyamiz a’zolari o‘zining 70 yillik yubileyini nishonlayotgan Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Kanibek Osmanaliyevga O‘zbekiston Og‘ir atletika federatsiyasining esdalik sovg‘asini ham topshirishdi.

Oldinga “O‘zbekistonda og‘ir atletika sport turini ommaviylashtirishning zamonaviy yo‘llari va yechimlari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

Leave Your Comment