Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi

Doha Gran-Pri: Jamila Panfilova o‘z guruhida kuchlilar safidan joy oldi

Xabar berganimizdek, bugun Qatar poytaxti Doha shahrida xalqaro Gran-Pri turniri start oldi.

Musobaqaning dastlabki kunida ayollar o‘rtasida hamyurtimiz Jamila Panfilova -49 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etdi. “B” guruhida bahs olib borgan vakilimiz dast ko‘tarishda 78 kg, siltab ko‘tarishda 96 kg, ikki kurash yakuniga ko‘ra esa 174 kg natija qayd etdi. Sportchimiz bu orqali o‘z guruhida dast ko‘tarishda 3-o‘rinni, siltab ko‘tarish va ikki kurashda 4-o‘rinni egalladi.

Ushbu vazn toifasida “A” guruh bellashuvlari ertaga bo‘lib o‘tadi.

Oldinga Qatar Gran-Prisining ilk kunida Jamila Panfilova supachaga ko‘tariladi

Leave Your Comment