Bundan biroz avval Qatar poytaxti Doha shahrida o’tayotgan xalqaro Gran-Pri turnirida erkaklar o‘rtasida hamyurtimiz Doston Yoqubov -73 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etdi.
“A” guruhida kurash olib borgan vakilimiz dast ko‘tarishda 145 kg natija bilan 8-o’rinni, siltab ko‘tarishda 182 kg natija bilan 4-o’rinni, ikki kurash yakuniga ko‘ra esa 327 kg natija bilan 6-o’rinni egalladi.
Sportchimizga kelgusi musobaqalarda muvaffaqiyat tilab qolamiz.