Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi

Doha Gran-Pri: Muhammadqodir Toshtemirov musobaqani kuchli o’nlikda yakunladi!

Bundan biroz avval Qatar poytaxti Doha shahrida o’tayotgan xalqaro Gran-Pri turnirida erkaklar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida bahslar o’z yakuniga yetdi.

Unda “B” guruhida kurash olib borgan hamyurtimiz Muhammadqodir Toshtemirov dast ko‘tarishda 135 kg, siltab ko‘tarishda 160 kg, ikki kurash yakuniga ko‘ra esa 295 kg natija bilan 9-o’rinni egalladi.

Sportchimizga kelgusi musobaqalarda muvaffaqiyat tilab qolamiz.

Ushbu vazn toifasida sovrinli o’rinlar Shimoliy Koreya, Indoneziya, Turkmaniston va Albaniya sportchilariga nasib etdi.

Oldinga Doha Gran-Pri: Doston Yoqubov kuchlilar guruhida munosib ishtirok etdi!

Leave Your Comment