Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi

Doha Gran-Pri: Rigina Adashbayeva kuchli o’nlikdan joy oldi

Hozirgina Qatar poytaxti Doha shahrida o’tayotgan xalqaro Gran-Pri turnirida ayollar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida bahslar o’z yakuniga yetdi.

Unda “A” guruhida kurash olib borgan hamyurtimiz Nigina Adashbayeva dast ko‘tarishda 106 kg natija bilan 7-o’rinni, siltab ko‘tarishda 125 kg natija bilan 12-o’rinni, ikki kurash yakuniga ko‘ra esa 231 kg natija bilan 9-o’rinni egalladi.

Sportchimizga kelgusi musobaqalarda muvaffaqiyat tilab qolamiz.

Ma’lumot uchun, ushbu vazn toifasida sovrinli o’rinlar Xitoy va Avstraliya sportchilariga nasib etdi.

Oldinga Doha Gran-Pri: Muhammadqodir Toshtemirov musobaqani kuchli o’nlikda yakunladi!

Leave Your Comment