Bundan biroz avval Qatar poytaxti Doha shahrida o’tayotgan xalqaro Gran-Pri turnirida erkaklar o‘rtasida -89 kg vazn toifasida bahslar o’z yakuniga yetdi.
Unda “C” guruhida kurash olib borgan hamyurtimiz Sarvarbek Zafarjonov dast ko‘tarishda 155 kg, siltab ko‘tarishda 190 kg, ikki kurash yakuniga ko‘ra esa 345 kg natija bilan 13-o’rinni egalladi.
Sportchimizga kelgusi musobaqalarda muvaffaqiyat tilab qolamiz.
Ma’lumot uchun, ushbu vazn toifasida sovrinli o’rinlar Bolgariya, Kolumbiya va Italiya sportchilariga nasib etdi.