Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi

Toshkentda o’tadigan Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini kimlar himoya qiladi?

Xabaringiz bor, joriy yilning 1–10 fevral kunlari Toshkent shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkaziladi. Ta’kidlash kerakki, poytaxtimiz mezbonlik qiladigan qit’a birinchiligi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasi uchun muhim reyting ochkolari taqdim etishi bilan yanada ahamiyatlidir.

Osiyo chempionatida qit’aning 34 ta mamlakatidan 239 nafar sportchi (136 nafar erkaklar, 103 nafar ayollar) 20 ta vazn toifasida (10 ta erkaklar, 10 ta ayollar) ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Osiyo chempionatida quyidagi sportchilar O‘zbekiston sharafini himoya qiladi:

Erkaklar:
-61 kg Adxamjon Ergashev
-67 kg Diyorbek Ro‘zmetov
-73 kg Muhammadqodir Toshtemirov
-73 kg Doston Yoqubov
-89 kg Sarvar Zafarjonov
-89 kg Nursultan Yesbergenov
-102 kg Akbar Jo‘rayev
-109 kg Sharofiddin Amriddinov
-109 kg Ruslan Nurudinov
+109 kg Rustam Jangabayev

Murabbiylar: Bahrom Mendiboyev, Jo‘ra Zoirov

Ayollar:
-45 kg Munisa Odilova
-49 kg Jamila Panfilova
-59 kg Nigora Abdullayeva
-59 kg Lyudmila Elifteriyadi
-64 kg Ozoda Xojiyeva
-64 kg Shaxnoza Jabborova
-71 kg Mashxura Rustamova
-81 kg Rigina Adashbayeva
-87 kg Nigora Suvonova
+87 kg Tursunoy Jabborova

Murabbiylar: Artur Emiryan, Nurullo Togoyev

Oldinga O‘zbekiston – Qirg‘iziston: Og‘ir atletika bo‘yicha hamkorlik yanada mustahkamlanadi!

Leave Your Comment