Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi mutaxassislari tomonidan maxsus seminar o’tkazildi

Bugun og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatidan oldin O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi mutaxassislari ishtirokida maxsus seminar tashkil etildi. Unda musobaqada ishtirok etuvchi mamlakatlar vakillari, murabbiylar va mutaxassislar ishtirok etdi.

Seminar davomida ishtirokchilarga antidoping bo‘yicha eng so‘nggi o‘zgarishlar va musobaqa jarayoni paytida doping nazorati to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.

Tadbir davomida shuningdek, ishtirokchilar o‘zlari qiziqtirgan savollar yuzasidan mutaxassislar tomonidan kerakli javoblarni olishdi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionati 3 fevral kuni boshlanadi. Musobaqalar poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida o‘tkaziladi.

O’zbekiston og’ir atletika federatsiyasi matbuot xizmati

Oldinga Osiyo chempionati oldidan matbuot anjumani tashkil etildi

Leave Your Comment