Bugun poytaxtimizdagi «Whyndham» mehmonxasida Osiyo og‘ir atletika federatsiyasining Ijroiya kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra, kengash a’zolari yakunlangan 2023-yilgi moliyaviy hisobotlar, 2023-yil uchun ichki hisobot va 2024 -yilgi byudjet masalalari, shuningdek strategik rejani yangilash, o‘tgan vaqt mobaynida Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi hamda tashkilotga a’zo Milliy federatsiyalar tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisobi muhokama qildi.
Bundan tashqari, yig‘ilish davomida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasi uchun muhim reyting ochkolari taqdim etuvchi Toshkentdagi Osiyo chempionati hamda Tailandda bo‘ladigan Jahon kubogiga tayyorgarlik ishlari haqida ham so‘z bordi.
Ma’lumot uchun, bugun shuningdek Osiyo og‘ir atletika federatsiyasining Kongressi ham o‘tkaziladi.