Toshkentda o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati davomida bir qator faxriy sportchilar taqdirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri o‘rinbosari, Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi vise-prezidenti, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shaxrillo Mahmudov o‘zbek og‘ir atletikasi faxriysi, Jahon rekordchisi, Sobiq Ittifoq sportakiadasi g‘olibi, o‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar orasida birinchi bo‘lib xalqaro toifadagi sport ustasi unvoniga sazovor bo‘lgan ustoz Erkin Karimov hamda Markaziy Osiyo og‘ir atletikachilari orasida ilk bor Olimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan, 4 karra Jahon chempioni, ayni damda Qirg‘iziston og‘ir atletikani rivojlantirish markazi direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Qanibek Osmonaliyevga minnatdorchilik bildirib, ularga esdalik sovg‘alarini topshirdi.
O’z navbatida faxriy sportchilar ham bunday e’tibor uchun minnatdorchilik bildirib, og’ir atletika sport turini rivojlantirishda yosh avlodga o’z mahoratlari va tajribalarini o’ragtishga doimo tayyorliklarini ma’lum qilishdi.