Poytaxtimiz 3-10 fevral kunlari og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi. Biz esa eng kuchli polvonlar jam bo‘lgan ushbu musobaqaning yakuniy tafsilotlariga to‘xtalib o‘tamiz.
Toshkentdagi qit’a birinchiligida yakuniy ochkolar hisobiga ko‘ra erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston terma jamoasi birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikdan Koreya Respublikasi va Xitoy Taypeyi joy oldi. Ayollar o‘rtasida ushbu sovrin Koreya Respublikasi terma jamoasiga nasib etdi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa 2-o‘rinni egalladi.
Quyida bu borada kuchli beshlikdan joy olgan terma jamoalar bilan tanishib olishingiz mumkin:
Erkaklar
1-o‘rin – O‘ZBEKISTON🇺🇿
2-o‘rin – Koreya Respublikasi🇰🇷
3-o‘rin – Xitoy Taypeyi
4-o‘rin – KXDR 🇰🇵
5-o‘rin – Qozog‘iston🇰🇿
Ayollar
1-o‘rin – Koreya Respublikasi🇰🇷
2-o‘rin – O‘ZBEKISTON🇺🇿
3-o‘rin – Xitoy Taypeyi
4-o‘rin – Indoneziya🇮🇩
5-o‘rin – Filippin🇵🇭