Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi

O‘zbekiston chempionati startiga bir hafta qoldi!

Joriy yilning 1-10 mart kunlari O‘zbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida og‘ir atletika bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan sportchilar hamda kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan 300 nafarga yaqin eng kuchli polvonlar g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib boradi.

Ushbu musobaqalarning asosiy vazifasi – yurtimizda og‘ir atletika sport turini yanada rivojlantirish va shu bilan birga kelajakdagi xalqaro musobaqalarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qiladigan iqtidorli sportchilarni saralab olishdan iborat.

Qayd etish lozimki, O’zbekiston og’ir atletika federatsiyasi tashabbusi bilan bu safargi mamlakat chempionatida tarixda ilk bor videotakrorlar texnologiyasi qo’llanilishi rejalashtirilmoqda. Hozirgi kunda faqat nufuzli xalqaro musobaqalardagina ushbu tizim joriy etilgan bo’lib, bu bellashuvlarning yanada adolatli baholanishiga xizmat qiladi.

Barcha og‘ir atletika ishqibozlarini O‘zbekiston chempionatini tomosha qilishga chorlab qolamiz! Qiziqarli va murosasiz bahslarni o‘tkazib yubormang!

Oldinga Toshkentdagi Osiyo chempionatida 6 nafar sportchimiz O’zbekiston rekordini yangiladi!

Leave Your Comment