Ayni kunlarda O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universitetida og‘ir atletika bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan sportchilar hamda kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati qizg‘in davom etmoqda.
Musobaqa davomida bir qator mamlakat rekordlari ham yangilanmoqda. Jumladan, bundan biroz avval 20 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida -73 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tgan bahsda xorazmlik Hasanboy Berdiyev dast ko‘tarishda 147 kg natija ko‘rsatib, bu borada Adhamjon Ergashev tomonidan o‘rnatilgan rekordni 1 kilogramga yangilashga muvaffaq bo‘ldi.
E’tiborlisi, Hasanboy Berdiyev ushbu natijasi orqali -73 kg vazn toifasida kattalar o‘rtasida ham dast ko‘tarishda yangi rekord sohibiga aylandi. U Doston Yoqubovning rekordini 1 kilogrammga yangiladi.