Bugun O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti maneji mezbonlik qilgan og‘ir atletika bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar hamda kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘z nihoyasiga yetdi.
Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslarda yakuniy ochkolar hisobiga ko‘ra quyidagi jamoalar sovrindorlar safidan joy oldi:
U20 (ayollar)
🥇1-o‘rin – Navoiy OPSTTM
🥈2-o‘rin – Qarshi OPSTTM
🥉3-o‘rin – Xorazm viloyati
U20 (erkaklar)
🥇1-o‘rin – Samarqand viloyati
🥈2-o‘rin – Xorazm viloyati
🥉3-o‘rin – Chirchiq OPSTTM
Kattalar (ayollar)
🥇1-o‘rin – Qarshi OPSTTM
🥈2-o‘rin – Xorazm viloyati
🥉3-o‘rin – Navoiy OPSTTM
Kattalar (erkaklar)
🥇1-o‘rin – Samarqand viloyati
🥈2-o‘rin – Chirchiq OPSTTM
🥉3-o‘rin –Qoraqalpog‘iston R.
Musobaqaning eng yaxshi sportchilari:
U20 (ayollar)
Ziyoda Xudayqulova (Qarshi OPSTTM)
U20 (erkaklar)
Diyorbek Ro‘zmetov (Urganch OPSTTM)
Kattalar (ayollar)
Rushaniya Kamzina (Toshkent sh.)
Kattalar (erkaklar)
Nursultan Esbergenov (Qoraqalpog‘iston R)
Ma’lumot uchun, bu galgi O‘zbekiston chempionatida 20 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida 189 ta, kattalar o‘rtasida esa 139 ta sportchi ishtirok etdi. Musobaqada ishtirok etgan jamoalar soni esa 29 tani tashkil qildi.
O‘zbekiston chempionati yakunida tashkilotchilar tomonidan g‘olib jamoalarga maxsus diplomlar topshirildi, eng yaxshi sportchilar esa pul mukofotlari bilan taqdirlandi.