Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi

Tailandda IWF Kongressi o’tkazildi

Xabaringiz bor, bugun Tailandning Puket shahrida Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlariga muhim reyting ochkolari beruvchi Jahon kubogi boshlanadi. Ushbu musobaqadan oldin Xalqaro og’ir atletika federatsiyasining (IWF) Kongressi o’tkazildi.

E’tiborlisi, Kongresda tarixdagi birinchi IWF madhiyasi tasdiqladi. Bu haqda tashkilot Bosh kotibi Antonio Urso shunday dedi:

“Men sevimli sportimizdagi quvonchli lahzalarni, adolatli bellashuv va do‘stlik ruhida musobaqalashishni, har bir lahzadan zavqlanishimizni anglatuvchi quvonchli narsani xohlardim. Madhiyamiz og’ir atletikachilar oilasidagi barchaga yoqadi deb o’ylayman».

Kongresda shuningdek, Xalqaro og’ir atletika federatsiyasining yakunlangan 2023-yilgi auditdan o’tgan moliyaviy hisoboti tinglandi. Bundan tashqari IWFning turli qo’mitalari: Texnik, Tibbiyot, Murabbiylik va Tadqiqotlar hamda Sportchilardan olingan hisobotlar ratifikatsiya qilindi.

Kongresda ham Ijroiya kengashi yig’ilishida bo’lgani kabi, Parij-2024 o’yinlari, Olimpiya saralash tizimi va IWF neytral sportchilar jamoasi va Barqarorlik loyihalari haqida ham yangi ma’lumotlar berildi.

Tadbirda, shuningdek, bo’lajak IWF musobaqalariga tayyorgarlik holati haqida ma’lumot olindi. Xususan: Limadagi 2024-yilgi o’smirlar o’rtasidagi Jahon chempionati (Peru), 2024-yilgi Leondagi yoshlar o’rtasidagi Jahon chempionati (Ispaniya), 2024-yil Manamada bo’ladigan kattalar o’rtasidagi Jahon chempionati (Bahrayn) va 2025-yilda Fordeda o’tkaziladigan kattalar Jahon chempionati bo’yicha ma’lumotlar tinglandi. Bundan tashqari, yaqinda mezbonlik topshirilgan 2026-yilgi Buenos-Ayresda (Argentina) bo’lib o’tadigan kattalar Jahon chempionati va 2027-yilda Yerevanda (Armaniston) bo’lib o’tadigan kattalar Jahon chempionati ham tegishli tashkiliy qo’mitalar tomonidan delegatlarga tanishtirildi.

Oldinga Osiyo va Turkiya Og‘ir atletika federatsiyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Leave Your Comment