Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi

Italiya, Fransiya va Janubiy Koreya Og‘ir atletika federatsiyalari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 20 martda imzolangan “Og‘ir atletika sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi tomonidan Xalqaro federatsiyalar hamda ushbu sport turida yetakchi hisoblangan mamlakatlar bilan manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida faol ishlar boshlab yuborilgan.

Shu kunlarda Tailandning Pxuket shahrida Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarining reyting ochkolarini taqdim etuvchi Jahon kubogi tadbirlarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri o‘rinbosari, Osiyo Og‘ir atletika federatsiyasi vise-prezidenti, O‘zbekiston Og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shaxrillo Mahmudov bir qator yetakchi xorijiy davlatlarning sport mutasaddilari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Jumladan, bugun og‘ir atletika bo‘yicha dunyoda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Italiya, Fransiya va Janubiy Koreya davlatlarining milliy federatsiyalari bilan o‘zaro hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Ushbu kelishuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad professional sportchilarni tayyorlashda xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ilg‘or xorij tajribalarini o‘zlashtirish hamda chet ellik malakali mutaxassislarni jalb etish, innovasion texnologiyalar va ilmiy-tahliliy yondashuvlarni amalga oshirishdan iboratdir.

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi Matbuot xizmati.

Oldinga Parij Olimpiadasining 120 ta litsenziyasi uchun kurash Tailandda davom etmoqda

Leave Your Comment